Qadriyatlar

1) Yangiliklarga ochiq bo’lish - Biz bir xillikdan yiroqmiz, doimiy o’zgarishlarga tayyormiz.
Mumkin:
• Kompaniyadagi o’zgarishlarga tayyor bo’lish
• Qo’shimcha topshiriqlar va yangi vazifalarga ijobiy yondashish
Mumkinmas:
• Ishda qiyinchilikka duch kelganda taslim bo’lish
• Rahbariyat tomonidan beriladigan vazifalardan bosh tortish
2) Samimiylik - Biz o’zimizga, mijozlarimizga, bir-birimizga, rahbariyatga va hamkorlarimizga ochiq va rost gapiramiz.
Mumkin:
• Hamma bilan ochiq samimiy gaplashish
• Hamkasblar bilan ishlash jarayonida vujudga keladigan muammolarni ochiq gaplashib hal qilish.
Mumkinmas:
• Birovni orqasidan gapirish, g’iybat qilish
• Muammolardan qochish, hafa bo’lish tufayli jamoaviy muhitga ta’sir o’tkazish
3) E’tiborni mijozlarga qaratish - Biz mijozlarimizni ko’rsatilayotgan xizmatlarimiz sifati va ularga bo’lgan munosabatimiz bilan qoyil qoldirishni xohlaymiz.
Mumkin:
• Har bir mijozga individual yondashish
• Mijozlar bilan qayta aloqa tezligini yaxshilash
Mumkinmas:
• Mijozlar kelganda zalda o’zaro ortiqcha gaplar gapirish
• Mijozning oldida rahbariyatga nojo’ya savollar berish
4) O’sishga va o’qishga intilish - Biz o’z joyimizda qolib ketmaymiz, balki o’z faoliyatimizda har tomondan eng yaxshisi bo’lishga doimo intilamiz.
Mumkin:
• Doimo o’z ustida ishlash
• Kompaniyada xodimlarga tayinlangan o’quv dasturlaridan
foydalanish va ijobiy o’tish
• Soha bo’yicha qo’shimcha dasturlarda ishtirok etish
Mumkinmas:
• Berilgan o’quv dasturlaridan umuman foydalanmaslik yoki o’qish
vaqtini kechiktirish
• Rivojlanishdan to’xtash
5) Ma’suliyatli bo’lish - Biz ham shaxsiy hayotda ham ishda o’z
harakatlarimiz oqibatlarini tushunamiz. Biz bergan va’damizni
ustidan
chiqamiz.
Mumkin:
• Berilgan vazifalarni o’z vaqtida bajarish
• Qilgan ishlarimiz uchun javobgarlikni olish
Mumkinmas:
• Berilgan topshiriqlar yuzaki qarash va sifatsiz bajarish
• Mijozlarga va’da berib ustidan chiqmaslik.

QUICKVISA | HR

Kompaniya maqsadlari:
Kompaniya 2024 – yil sentabr oyida davlat roʻyxatidan oʻtgan, noyabr oyidan oʻz faoliyatini boshlagan.
"Oliy maqsad"
Quickvisa O’zbekiston va xorij mamlakatlarning aholisining iqtisodiy sharoitlarini yaxshilash uchun o’z faoliyatini boshlagan. Bizning asosiy mijozlarimiz Rossiya, Qozog’iston davlatlariga ish uchun qatnaydigan odamlar. Bundan tashqari har xil kasb egalari : ustalar, quruvchilar, haydovchilar …
Bizning asosiy maqsadimiz shu insonlarga ko’proq daromad topish yo’llarini ko’rsatish va yo’naltirish. Ular yaxshi daromadga ega bo’lganlaridan so’ng turmush darajalarini yanada yaxshilashlari va o’zlarining shaxsiy ishlarini yo’lga qo’yishlari mumkin.
“Strategik maqsad”
2025-yil uchun:
 Xususiy bandlik agentliklari safidan joy olish.
 Quickvisa Travel va Quickvisa Edu ni yo’lga qo’yish.
 Xodimlar sonini 50 tagacham kengaytirish.
Jarayonlar xaritasi :
Marketing bo’limi faoliyatimiz haqida reklama chiqaradi.
⬇️
MIjozlar qiziqish bildirib o’z ma’lumotlarini yozib qoldiradi.
⬇️
Sotuv bo’limi mijozlarga aloqaga chiqadi va xizmatimizni taklif qiladi.
⬇️
Konsultatsiya bo’limi online/offline konsultatsiya o’tkazadi va qo’shimcha tushuntirish
ishlarini olib boradi.
⬇️
Sotuv muvaffaqiyatli amalga oshiriladi.
⬇️
Hujjat bo’limi ularning hujjatlari bilan ishlaydi va jarayon oxiriga yetguniga qadar
mijozlarga ma’sul bo’ladi.
Kompaniyadagi ichki nizom:
1. Ishga o’z vaqtida kelish va ketish.
2. Kompyuter stolini ozoda saqlash.
3. Haqoratli so’zlarni ishlatmaslik.
4. Kuniga 4 soatdan gaplashish mijozlar bilan.
5. Tushlik vaqti 13:00 – 14:00 da, 2 ta sotuv menedjeri bu orada liniyada bo’lishi
Made on
Tilda