Sotuv menejeri

Lavozim nomi: Sotuv menejeri
Bo’lim: Sotuv bo’limi
Lavozimning yakuniy qiymatli mahsuloti: Konversiyaga mos ravishda qilingan shartnomalar soni.
Lavozim maqsadi: O’zbekiston va xorij mamlakatlar aholisining iqtisodiy sharoitlarini yaxshilash uchun o’z xizmat va takliflarini
taqdim etish. Ularga ko’proq daromad topish yo’llarini ko’rsatish va yo’naltirish orqali sotuvni amalga oshirish.
Vazifalar va funksionallik: Chiqish va kirish qo’ng’iroqlariga javob berish, programmada to’g’ri ishlash, mijozlarga to’g’ri
ma’lumotlar berish va sotuv bosqichiga olib chiqish.
Majburiyatlari: Mijozlarning shaxsiy ma’lumotlarinining maxfiyligini ta’minlash, vazifalarni belgilangan muddatda bajarish,
kompaniyamiz haqida mijozlarga yaxshi taassurot qoldirish, brendni obro’sini tushirishi mumkin bo’lgan ishlarga yo’l qo’ymaslik.
Baholash kerak: Haftalik sotuv rejasini qay darajada bajarganini, mijozlar bilan sifatli/sifatsiz suhbat olib borganini.
Kutilayotgan natijalar: Haftalik rejani yopishi, sotuv ko’nikmalarini o’sib borishi, rahbariyat aralashuvisiz sotuv jarayonida
mustaqil qarorlar qabul qila olishi.
Huquqlar: Haftalik belgilangan chegirmani xohlagan mijozga berish, tanlov bilan bog’liq ichki tartiblarni ishlab chiqishda
ishtirok etish.
Boshqa bo’imlar va lavozimlar bilan aloqa:
Rahbar bilan - operatsion ishlarda muammoli vaziyat yuzaga kelaganda.
Hr bilan - operatsion ishlarda muammoli vaziyat yuzaga kelaganda.
Marketing bo’limi bilan - Bitrixda xatolik, mijozlar oqimida xatolik bo’lsa
Hujjat bo’limi - kelishuv amalga oshirilgan mijozlarning hujjatlari bilan muammo yuzaga kelsa
Konsultatsiya bo’limi - Ish vaqtidan tashqari vaqtda mijozlar ofisga kelmoqchi bo’lganda
Hisobot turlari va tartibi: Davomat guruhiga har kuni ishga kelganda va ketganda video xabar yuborish
Muvaffaqiyatli va muvaffaqiyatsiz tajribalar:
Muvaffaqiyatli - har bir sotuv menejeri mijozlarni bir qancha kategoriyalarga ajratib, o’zining vaqtini taqsimlashi. Misol uchun: ishga
kelganda birinchi yangi mijozlar bilan gaplashish, keyin qayta aloqa….
Muvaffaqiyatsiz - Mijozlar bilan juda uzoq vaqt gaplashish va ortiqcha ma’lumotlar berish. Muvaffaqiyatli sotuv amalga oshirish foizini
pasaytiradi.
Yig’ilishlar tartibi: Haftada bir marta ertalabki vaqtda majlislar o’tkaziladi, yig’ilishdan bir kun oldin telegramdagi guruhda xabar beriladi.
Soft va hard skillar (ko’nikmalar) bo’yicha talablar:
Soft skills:
• Muloqot qilish ko’nikmalari
• Vaqtni samarali boshqarish
• Ma’suliyatlilik va muammolarni hal qilish qobilyati
• Jamoada ishlash va hamkorlik qilish qobilyati
Hard skills:
• Kompyuterdan foydalanish ko’nikmalari
• Bitrix programmada ishlay olish
Shaxsiy talablar: Muloqotga kirishuvchanlik, qat’iyatlilik, ma’suliyatlilik, e’tiborlilik.
Kirishuvchanlik – mijozlar bilan tezda yaxshi aloqa o’rnata olish uchun.
Qat’iyatlilik - mijozning birinchi “yo’q” javobidan tezda taslim bo’lmaslik uchun.
Ma’suliyatlilik - mijozga kelishilgan vaqtda qo’ng’iroq qilish; uning ishonchini yuqotmaslik uchun. Hamda sotuv jarayonida mijozga
nisbatan sabirli bo’lish va qaror qabul qilishida ko’maklashish.
E’tiborlilik - mijozni o’rganinb chiqish va to’g’ri yondashuvda suhbat qilish uchun. Mijozning ehtiyojini aniqlash va savol, e’tirozlariga
to’g’ri yechimlarni tavsiya etish uchun.
Sotuv menejerlar reglamenti
1.Umumiy qoidalar
1.1. Ushbu reglament call center operatorlari, nazoratchilar va boshqa bo‘lim xodimlari uchun majburiy hisoblanadi. 
1.2. Maqsad – mijozlarga professional, tezkor va ishonchli xizmat ko‘rsatishni ta’minlash hamda ichki ish tartibini yaxshilash.
1.3. Har bir xodim “Quick Visa” kompaniyasining qadriyatlariga amal qilishi, obro‘sini saqlashi va jamoaviy ishlashi lozim.
2.Ish vaqti va ish tartibi
2.1. Ish vaqti: Dushanba–Juma, soat 09:00 dan 18:00 gacha (tushlik – 12:00-13:00 / 13:00–14:00). 
2.2. Menejerlar kechiksa yoki ishdan erta ketsa 2 marotaba ogohlantirish oladi. Agar bunday holat 3-marotaba takrorlanadigan bo’lsa 100 ming so’m jarima belgilanadi. Menejerlar kechiksa yoki ishdan erta ketadigan bo’lsa, rahbariyatni kamida 2 soat oldin ogohlantirib qo’yishlari shart. Turli xil kutilmagan muammolar bundan mustasno (kasal bo’lish va hkz)
2.3. Ish boshlanishidan oldin tizimga kirish, quloqchin, CRM, telefon platformasi tayyor bo‘lishi kerak.
          3. CRM bo’yicha ishlash
Har bir lead uchun qilinishi kerak bo’lgan topshiriqlar mavjud: 
  1. Kartochkaga kerakli ma’lumotlarni to’gri to’ldirish
  2. SPIN instrumentlaridan foydalanish
  3. Zadacha qo’yish
  4. Kunlik zadacha bajarish
  5. Telegramdan ma’lumot tashlab berish
  6. 5 daqiqadan ko’proq gaplashish
            4. Noto‘g‘ri xatti-harakatlar va javobgarlik 
4.1. Quyidagi holatlar ogohlantirish yoki ishdan bo‘shatilishga sabab bo‘ladi:
 • Mijozga nisbatan qo‘pollik yoki befarqlik;
 • Ish vaqtida ijtimoiy tarmoqlarda uzoq vaqt o‘tirish;
 • Tizimli ravishda KPI ko‘rsatkichlarining past bo‘lishi; 
• Yolg‘on ma’lumot berish;
 • Kompaniya sirlari yoki mijoz ma’lumotlarini oshkor qilish.
5.Motivatsiya va rag‘batlantirish
5.1 faol va sadoqatli xodimlar oylik bonus, sertifikat va boshqa shakllarda rag‘batlantiriladi. 
5.2. Har oyda “Eng yaxshi operator” tanlovi o‘tkaziladi. 
5.3. O‘zini rivojlantirayotgan, tashabbus ko‘rsatgan xodimlar ichki lavozim o‘sishi uchun ko‘rib chiqiladi.
       6. Reglamentga rioya qilish 
6.1. Ushbu reglament bilan har bir yangi xodim tanishadi va tasdiqlovchi varaqni imzolaydi.
 6.2. Reglament har 6 oyda qayta ko‘rib chiqilishi mumkin. 
6.3. Reglament buzilgan taqdirda rahbariyat tomonidan tegishli choralar ko’riladi.
Kompaniyaning sotuv menejerlar reglamenti bilan tanishib chiqdim. Ichki mehnat tartibi qoidalari bo’yicha barcha shartlarga roziman, e’tirozim yo’q.

( xodimning F.I.SH, lavozimi, imzo, sana )

Kpi&Bonuslar

Fix oylik – 2 mln sum

Bonus tizimi:
  1. Har bir kelgan sifatli mijoz uchun 20.000 sum
  2. Kunlik 5+ kelgan sifatli mijoz uchun 30.000 sum
  3. Har bir sotuv uchun 1-3% gacham, davlat va viza turiga qarab
  4. 10 + sotuv uchun 1 mln sum bonus
  5. Sotuv menejerlar reglamenti to’g’ri bajarilsa va 1 oy davomida umuman kechikish kuzatilmasa ( turli xil kutilmagan muammolar bundan mustasno
( kasal bo’lish va hk) ) 1 mln sum bonus fiksaga qo’shib beriladi.
Made on
Tilda